Tasnif
SIP KONISFERAN qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi: SIP KONISFERAN
Ishlab chiqarish shakli:
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
1 ta tabletka quyidagi o‘simliklarning ekstraktini saqdaydi: Tillabosh uti (Centaurii herba)-18 mg Dorivor lyubistok ildizi (Levistici radix)-18 mg; Rozmarin barglari (Rosmarini folia)-18 mg.
Yadrosi: laktoza monogidrati, magniy stearati, povidon K25, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali.
Tabletka qobig‘i: kastor yoli, glyukoza siropi, temir III oksidi, saxaroza, talk, titan dioksidi.
Ta’rifi:
Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, silliq yuzali, zarg‘aldoq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi:
Urologik kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, spazmolitik va og‘riq qoldiruvchi ta’sirlarga ega. BADning o‘simliklardan bo‘lgan komponentlari antibakterial va siydik xaydovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi.
BAD kovuqning o‘tkir va surunkali infeksiyalarini (tsistitni) standart va kompleks davolashda qo‘llanadi. Preparat piyelonefrit, glomerulonefrit, interstitsial nefritni kompleks davolashda; siydik toshlarining hosil bulishini oldini oluvchi vosita sifatida (shuningdek siydik toshlari olib tashlaganidan keyin xam) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va o‘smirlar 12 yoshdan boshlab 2 ta tabletkadan kuniga 3 marta.Qabul qilish davomiyligi 2 xaftadan 4 xaftagacha.Maktab yoshidagi bolalar 1 ta tabletkadan kuniga 3 marta.
Qo‘llash usuli
Bir martalik doza ertalab, peshinda va kechqurun qabul qilinsin. Tabletkani chaynamasdan, suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparat yaxshi o‘zlashtirilgani tufayli, uni uzoq vaqt davomida davolash uchun qo‘llash mumkin. Irrigatsion terapiya: ko‘p miqdordagi suv bilan birga kabul kilish kerak.
Nojo’ya ta’sirlari
Allergik reaksiyalar (toshma, terini kichishishi), me’da-ichak buzilishlari (kungil aynishi, yengil diareya) bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalarning birinchi belgilari paydo bo‘lishi bilanoq preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
–preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
–me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasining o‘tkir davri;
-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrakning yallig‘lanish kasalliklariga va/ yoki buyrak faoliyatini buzilishlariga shubxa qilinganda preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish kerak. Bundan tashqari, buyrak yoki yurak yetishmovchiligi bilan xastalangan patsiyentlar uchun iste’mol qilinadigan suyuqlikning kerakli miqdori shifokor tomonidan belgilanishi kerak. Agar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori harorat, spazmlar, siydikda qonning mavjudligi, bovul qilishda buzilishlar yoki o‘tkir siydik tutilishi kabi shikoyatlar bulsa, shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Koniferan-SP ni xomiladorlik va emizish davrida fakat shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq va xavf-foyda nisbatini baholagandan so‘ng qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qat’iy rioya qilgan holda qo‘llash mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga izox,:
Bir tabletkada saqlanuvchi o‘zlashtiriladigan karbonsuvlar taxminan 0,02 «non birligi» ni tashkil kiladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Xozirgi paytga kelib, dozani oshirilib ma’lumotlar yuk.
Ishlab chiqarilish shakli:
Tabletka: har bir blisterda 10 ta tabletkadan. Bitta upakovkada 6 ta blister saqlanadi.
Saqlash sharoiti.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonadan berish tartibi:
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi:
QQ MChJ «SPRING PHARMACEUTIC»
O’zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Ququmboy MFY.





