Tasnif
Qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA
sipEssensial-SP
Savdo nomi: sipEssensial-SP
Ishlab chiqarish shakli:
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula saqlaydi: faol moddalar:Essensial fosfolipid – 222 mg; L-karnitin-133 mg, Vitamin Ye-1,25 mg yordamchi
moddalar: magniy stearat.
Ta’rifi
Sariq-jigarrang rangli moyli pastasimon massa saqlovchi, jigarrang rangli tiniq bo‘lmagan qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruxi:
gepatoprotektor vosita.
Farmakologik xususiyatlari.
Farmakodinamikasi
Essensial fosfolipidlar jigarning xujayra kobig‘i va xujayra organellalarrining asosiy struktur elementlaridir. Jigar kasalliklarida xamisha jigar xujayralarining qobig‘i va xujayra organellalari shikastlanadi, bu ular bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar va retseptorlar tizimi faolligini buzilshiga, jigar xujayralarining funksional faolligini yomonlashishiga va regeneratsiya xususiyatini pasayishiga olib keladi. sipEssensial-SP preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o‘zining kimyoviy tuzilishi buyicha endogen fosfolipidparga mos keladi, biroq ulardagi ko‘p to‘yinmagan (essensial) yog‘ kislotalarining miqdorini yuqoriligi xisobiga faolligi bo‘yicha endogen fosfolipidlardan ustun turadilar. Bu yuqori energetik molekulalarni gepatotsitlarning xujayra membranalarini shikastlangan soxalariga tizilib olishi jigar xujayralarining butunligini tiklaydi, ularning regeneratsiyasiga yordam beradi. Ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining tsis-ikkilangan bog‘lari xujayra qobig‘ining fosfolipidlaridagi karbonvodorod zanjirlarini parallel joylashishiga to‘sqinlik qiladi, xujayra qobig‘ining fosfolipid tuzilmasi “yumshab qoladi”, bu ularning oquvchanligi va elastikpigini oshishiga olib keladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo‘lgan funksional bloklar membranalarga birikkan fermentlarning faolligini oshiradi va muhim metabolik jarayonlarni normal, fiziologik yo‘l orqali kechishiga yordam beradi. SIP Essesial-SP preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar neytral yog‘lar va xolesterinni oksidlanish jarayonlari kechuvchi joylarga tashib, lipoproteinlar metabolizmini boshqaradilar, bu asosan yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlarni xolesterin bilan bog‘lanish xususiyatini oshishi hisobiga yuz beradi.
Shunday qilib, lipidlar va oqsillarning metabollizmiga; jigarning dezintoksikatsion faoliyatiga; jigar hujayralariga va fosfolipidlarga bog‘lik fermentlar tizimini tiklanishi va saqlanishiga normallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi; bu oxir-oqibatda jigarda biriktiruvchi to‘qimani shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va jigar xujayralarini tabiiy tiklanishiga yordam beradi. Fosfolipidparni o‘t-safroga ekskretsiya bulganida litogen indeksni pasayishi va o‘tsafroni barqarorlashishi amalga oshadi.
Qo‘llanilishi
Surunkali gepatitlar, jigar tsirrozi, turli sababli jigarning yog‘li distrofiyasi, jigarning toksik shikastlanishi, alkogolli gepatit, boshka somatik kasalliklarda jigar faoliyatini buzilishi.
O‘t-safro toshlari xosil bulishini kaytalanishini oldini olish.- Psoriaz (yordamchi vosita sifatida). – Radiatsion sindrom.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Fosfatilidxolin yoki preparatning boshqa urdamchi moddalariga ma’lum yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bulgan bolalar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Kapsulalarni butun holda, yetarli miqdordagi suv bilan (taxminan 1 stakan) yutish kerak.
12 yoshdan oshgan va tana vazni 43 kg dan yukori bulgan o‘smirlar uchun, shuningdek kattalar uchun sipEssesiale-SP ni 2 kapsuladan kuniga 3 marta ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Odatda, qo‘llashning davomiyligi cheklanmagan.
Nojo`ya ta’siri
sipEssensial-SP odatda bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.
Nojuya samaralarining tez-tezligini baxolash maqsadida quyidagi tafsifdan foydalaniladi: juda tez-tez (1/10 yoki undan ko‘p); tez-tez (1/100 dan ko‘p, 1/10 dan kam); tez-tez emas (1/1000 dan ko‘p, 1/100 dan kam); kam (1/10000 dan ko‘p, 1/1000 dan kam); juda kam (1/10000 dan kam, shu jumladan aloxida ma’lumotlar).
Me’dagichak yo‘llari tomonidan: ba’zi hollarda sipEssensial-SP ni qabul qilish me’dada diskomfort, suyuq axlat yoki diareyani chakirishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda teri allergik reaksiyalari (toshma, ekzantema, eshakemi, qichishish) bulishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o’zaro ta’siri
Xozirgi vaqtgacha ma’lum emas.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 360 mg. 10 kapsuladan PVX/alyuminiy folga blisterda. 3 ta blisterlar qo‘llash bo‘yicha yuriqnomasi bilan birga karton qutida. Yaroqlilik muddati
2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan sung qo‘llanilmasin.
Saqlash sharoiti
+21°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi:
MChJ «SPRING PHARMACEUTIC».
O‘zbekiston Respublikasi. Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Ququmboy MFY.





